O‘zbekistonda birinchi yarim yil yakunlariga ko‘ra, o‘rtacha oylik ipoteka to‘lovlari 16 foizga oshib, 2,99 mln so‘mni tashkil etdi. Qarzning o‘rtacha miqdori oshdi, ammo kreditlar qisqaroq muddatga berila boshladi. Ipoteka kreditlarining 22 foizi norasmiy daromadga ega shaxslar tomonidan olingan.
O‘zbekistonda birinchi yarimyillikda avtokreditlar berish hajmi ikki barobardan ko‘proqqa — 18,5 trln so‘mdan 8,9 trln so‘mga, shuningdek, uning kreditlash umumiy hajmidagi ulushi 40,2% dan 19,7% ga qisqardi. Buning fonida mikroqarz va mikrokredit berish 1,5 barobar oshdi. Ipoteka kreditlash sekinlasha boshladi.
Birinchi yarim yillikda O‘zbekistonda ipoteka kreditlari hajmi qariyb 2 foizga — 6,88 trln so‘mga, oluvchilar soni esa 17,3 foizga qisqardi. Shu bilan birga, ajratilgan ipoteka kreditlarining o‘rtacha miqdori va bank foiz stavkalari ham oshdi.
Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi banklarga ikkilamchi uy-joy sotib olish bo‘yicha kreditlar berish uchun imtiyozli resurslar ajratish to‘xtatilmaganini ma’lum qildi.
Markaziy bank raisi narx pufaklari yorilayotgan vaqtida banklarga bo‘ladigan salbiy ta’sirning oldini olish uchun ipoteka kreditlari ajratishda maksimal chegaralar belgilanganini aytdi. Avvalroq Toshkent shahridagi uy-joy narxlarining bozor va fundamental qiymatlari o‘rtasidagi farq 210 mln so‘mga yetgandi.
I chorakda O‘zbekiston aholisining ipoteka kreditlariga bo‘lgan talabi yuqoriligicha qoldi, deyiladi Markaziy bank hisobotida. Bu davrda jami 3 trln 260 mlrd so‘mlik kreditlar berilgan. Yangi binolarda uy-joy sotib olish uchun ajratilgan mablag‘lar hajmi esa kamaygan, ikkilamchi bozorda uch baravarga ko‘paygan.
1-maydan daromadi yetarli bo‘lmagan aholi ham ipoteka krediti olishi mumkin bo‘ladi. To‘lov qobiliyatini aniqlashda bank kartasidagi aylanma, ijara, kommunal va boshqa xarajatlarga to‘langan pullar hisobga olinadi. Aholiga hovlisini kengaytirish va uy sotib olish uchun 3,2 trln so‘m kredit ajratiladi.
Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ipoteka va ta’lim krediti uchun ajratiladigan resurs mablag‘lari bo‘yicha amaldagi foiz stavkalari 2022 yil yakuniga qadar saqlanib qoladi. Bu haqda prezident qarorida ko‘zda tutilgan.
2022 yilning birinchi choragida tijorat banklari tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlari 42 mln dollar miqdorida Moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan qayta moliyalashtiriladi. «O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi» AJ o‘z faoliyatini tiklab, ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishni davom ettiradi.
Ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ajratiladigan maqbul ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish vaqtincha to‘xtatildi. Bunga ikkilamchi bozor uchun kreditlarga talab yuqori bo‘lganligi bois OTBning 150 mln dollarlik mablag‘lari muddatidan oldin o‘zlashtirilishi sabab qilib ko‘rsatildi.
2021-yilda tijorat banklari tomonidan 59,5 mingdan ziyod fuqaroga qariyb 9,8 trln so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan. Oxirgi 5 yilda esa aholiga jami 35,6 trln so‘m miqdorida shu turdagi kreditlar berilgan. Shuningdek, ipoteka kreditlari qoldig‘i 35,8 trln so‘mga yetgan.
O‘zbekiston ipoteka kreditlarini olish bo‘yicha reytingda 111 davlat ichida 104-o‘rinni, MDHda esa oxirgi pog‘onani egalladi.
Hukumat qarori bilan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy bilan ta’minlash tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, muhtoj xotin-qizlarga ipoteka kreditining 15 foizi miqdorida boshlang‘ich badali to‘lab beriladi. Shuningdek, ular vaqtincha ijtimoiy uylarga ijaraga qo‘yilishi ham mumkin. Imkoniyati cheklangan shaxslarga esa birinchi qavatdagi uylar ijaraga beriladi.
O‘zbekistonda ipoteka krediti va subsidiya olishda uy-joy maydoni va narxi bilan bog‘liq cheklovlar bekor qilinadi. Ehtiyojmand aholiga dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun 32 mln so‘m subsidiya to‘lanadi. Shuningdek, ipoteka krediti olishda qarindosh bo‘lmagan fuqarolarning kafilligiga ham ruxsat beriladi.
Iyulda O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida talabning pasayishi kuzatildi, deya xabar qildi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. Bunga epidemiologik vaziyatning yomonlashgani va ipoteka kreditlari hajmining kamayishi sabab qilib ko‘rsatildi.
Markaziy bank 2021 yilning birinchi yarmida ipoteka bozoridagi vaziyat yuzasidan izoh berdi. Unga ko‘ra, oxirgi yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha qoldiqlar 25,2 foizga — 30,8 trln so‘mga qadar oshdi, muammoli ipoteka kreditlari qoldiqlari ham 4 barobardan ko‘proqqa o‘sib, 480 mlrd so‘mga yetdi. Har oltinchi kvartira ipoteka asosida sotib olinmoqda. Ikkilamchi bozorda ipoteka kreditlari keskin ko‘paydi.
Hukumat qarori bilan, 2022 yil 1 avgustgacha tajriba tariqasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha mahalliy hokimliklarning kafilliklari beriladi. Kafillik berilganligi uchun hokimliklar tomonidan to‘lov undirilmaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting